«Arsenal» himoyachi Vilyam Salibaga operasiya kerak emasligini ma’lum qildi, ammo baribir uning bel jarohatidan tiklanishi uzoq vaqt talab etadi. Qisman Saliba bilan bog‘liq vaziyat tufayli «Arsenal» yangi markaziy himoyachi qidirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Potensial nishonlar orasida 2025/2026 yilgi mavsum yakunida «Manchester Siti»ni tark etgan Jon Stouns bor. Shuningdek, Ezri Konsa ham London klubi radarlarida turibdi, ammo «Aston Villa» va «Arsenal»ning narx bo‘yicha baholashlari o‘rtasida sezilarli tafovut mavjud.
16 avgust kuni «Arsenal» yangi mavsumni Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













