Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Milan» «Chelsi» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

«Milan» «Chelsi» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» shu yozda himoyachi Aksel Disasini sotishga tayyor.

The Sun nashri ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga ko‘plab klublar qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Milan» ham futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi. «Ko‘klar» Disasini 25 million funt sterling evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Aksel Disasi 2023 yilda «Monako»dan «Chelsi»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida himoyachi ijara huquqi asosida «Vest Xem» safida to‘p surdi. U «bolg‘achilar» tarkibida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Transfermarkt portali Disasining hozirgi narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:37, 23.07.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик