«Real» himoyachisi Raul Asensio shu yozda klubni tark etmoqchi emas, bu esa madridliklarning yana bir transferni amalga oshirish yo‘lini yopmoqda. Bu haqda Bernabeu Digital xabar bermoqda.
Klub rahbariyati Joze Mourinyoga yangi xaridlar tarkibda joy bo‘shashiga bog‘liq ekanini allaqachon ma’lum qilgan. Shu tariqa, Asensio jamoadagi o‘rni uchun kurashish ishtiyoqi bilan «Inter» himoyachisi Alessandro Bastonini sotib olish imkoniyatini cheklamoqda.
Ibraima Konatening kelishi, shuningdek tarkibda Antonio Ryudiger, Din Xyoysen va Eder Militao borligini hisobga olsak, Asensio jamoada faqat beshinchi markaziy himoyachi sifatida ko‘rilmoqda.













