Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yurgen Klopp juma kuni, 24 iyul kuni Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Futbol Ittifoqi Klopp e’lon qilinadigan va taqdim etiladigan matbuot anjumanini ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 14:00 ga rejalashtirgan.

Yurgen Kloppning oxirgi ish joyi 2015 yildan 2024 yilgacha boshqargan «Liverpul» klubi bo‘lgan edi. Germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida «qizillar» 8 ta trofeyni qo‘lga kiritishdi — ikki marta Angliya Liga kubogi, shuningdek, bir martadan Angliya Premyer-ligasi, Chempionlar ligasi, Angliya kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchishdi. Bundan tashqari, Klopp «Liverpul»ni yana ikki marta Chempionlar ligasi va bir marta Yevropa ligasi finaliga olib chiqqan.

Kiritildi: 15:31, 23.07.2026.
O'qildi: 362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик