Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

MLS Kazemironing «Inter Mayami»ga o‘tishi bo‘yicha surishtiruv boshladi

MLS Kazemironing «Inter Mayami»ga o‘tishi bo‘yicha surishtiruv boshladi

Baho:
+ | -

MLS «Inter Mayami» tomonidan Kazemiro bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng, futbolchini noqonuniy ravishda o‘z tomoniga og‘dirib olishga urinish ayblovlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda.

Chorshanba kuni Amerika klubi o‘tgan mavsum oxirida «Manchester Yunayted»ni tark etgan 34 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi. Braziliyalik yarim himoyachi MLSning 2027 yilgi mavsumi oxirigacha mo‘ljallangan va yana 2029 yil iyunigacha uzaytirish opsiyasiga ega bo‘lgan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Bundan so‘ng liga bayonot e’lon qilib, unda klub «futbolchini noqonuniy og‘dirib olishga urinish»da gumonlanayotgani aytib o‘tilgan.

Surishtiruv futbolchini sotib olish huquqiga (Discovery Rights) tegishli — bu MLS qoidasi bo‘lib, muayyan klubga agar futbolchi ligaga o‘tishni istasa, u bilan shartnoma tuzishda birinchi galdagi ustuvorlikni beradi. Klub bir vaqtning o‘zida o‘z da’vogarlar ro‘yxatida 5 nafargacha futbolchini ushlab turishi, ularni ro‘yxatga qo‘shishi yoki chiqarib tashlashi mumkin.

Kazemironi sotib olish huquqi «Los-Anjeles Gelaksi»ga tegishli edi, biroq shartnoma imzolanganini e’lon qilar ekan, «Inter Mayami» bu huquqlarni sotib olganini bildirdi.

«Los-Anjeles Gelaksi» va «Inter Mayami» klublari Kazemironi sotib olish bo‘yicha ustuvorlik yuzasidan kelishuvga erishdilar va shartlar MLSda o‘tkazilayotgan noqonuniy og‘dirib olish urinishi bo‘yicha surishtiruv yakunlangach oshkor qilinadi», — deyiladi Los-Anjeles jamoasi bayonotida.

Kiritildi: 16:43, 23.07.2026.
O'qildi: 1019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик