Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia Argentina terma jamoasi muxlislariga murojaat qildi.
Milliy terma jamoa JCH-2026 finalida Ispaniyaga (0:1) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
«Biz Ispaniyani yenga olmadik. Ular kuchliroq edi, halol g‘alaba qozonishdi va biz buni tan olishimiz kerak. Sportda biz g‘alabalarni qanday sharaf bilan nishonlasak, mag‘lubiyatni ham shunday qabul qilishni o‘rganamiz.
Ha, biz finalda yutqazdik. Lekin ushbu jamoa yaqindagina mamlakatimizga cheksiz quvonch ulashgani ham haqiqat. Argentina avvalgi [Angliyaga qarshi] o‘yindagi g‘alabani bayram qildi, chunki bu jamoa yana bir bor xalqimiz uchun naqadar qadrli ekanini isbotladi.
Mag‘lubiyat alam qiladi. Bu juda og‘riqli, chunki biz kurashuvchanmiz, tarixdagi eng muvaffaqiyatli jamoamiz va ikkinchi o‘rin biz uchun hech qachon yetarli bo‘lmagan. Bu og‘riqli, chunki biz oxirigacha kurashishga odatlanganmiz va oldinga harakat qilishda davom etamiz», — deb yozdi Tapia o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.













