«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola ispaniyaliklarning futboldagi muvaffaqiyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ispaniya terma jamoasi finalda Argentinani (1:0) mag‘lub etib, JCH-2026 g‘olibiga aylandi.
«Mendan nega ko‘plab bask murabbiylari bunday darajaga yetgani va nega Ispaniya jamoalari shunchalik ko‘p trofeylarni qo‘lga kiritilayotgani haqida so‘rashadi. Men hamisha jamoaviy ruh tuyg‘usi juda muhimligini aytaman. Ispaniyada hech qachon eng kuchli atletlar bo‘lmagan. Suzish, boks, yengil atletikaga qarasangiz, Ispaniya odatda medallar yutib olmaydi. Ammo jamoaviy sport turlarida mamlakatimiz juda kuchli. Futbol, basketbol, gandbol, xokkeyda bizda odatda yaxshi jamoalar shakllanadi. Biz hamisha jamoani birinchi o‘ringa qo‘yamiz. Bunga Rodrini misol qilish mumkin. U gol urmadi, golli uzatma ham bermadi, lekin yakunda ular Jahon chempionatida zafar quchishdi va u turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. «Avvalo jamoa» tamoyili hamisha tarbiyamizga singdirib kelingan.
O‘ylashimcha, gap jamiyatda bo‘lishi mumkin, bu faqat futbol bilan cheklanib qolmaydi. Menimcha, hamma narsa xudbin bo‘lmaganimizdagina ko‘ngildagidek chiqadi, shunday emasda? Yakunda imkoniyati kamroq bo‘lganlarning manfaatlarini hammasidan ustun qo‘ysangiz shunday bo‘ladi. Futbolda ham xuddi shunday. Maydonga tushmayotganlar, akademiyadan kelganlar, kamroq maosh oladiganlar... Buni jamiyat bilan bevosita solishtirish mumkin», — dedi Iraola.













