Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Liverpul»ning potensial egalari Vinisius va Oliseni xarid qilmoqchi

«Liverpul»ning potensial egalari Vinisius va Oliseni xarid qilmoqchi

Baho:
+ | -

Britan-hind biznesmeni Amit Bxatiya (sobiq «Kuinz Park Reyndjers» egasi) tomonidan o‘z oilasi ko‘magida va Amazon asoschisi Jeff Bezos ishtirokida tuzilgan «Liverpul»ning potensial egalari konsorsiumi klubni rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarini belgilab oldi.

Indykaila News nashrining ijtimoiy tarmoqda xabar berishicha, investorlarning maqsadi — «Liverpul»ni jahon futbolining bosh klubiga aylantirish. Buning uchun ular keng ko‘lamli transfer kampaniyasini o‘tkazish niyatida. Konsorsiumning asosiy nishonlari top-o‘yinchilar — Madridning «Real» klubidan Vinisius Junior hamda «Bavariya»dan Maykl Olise bo‘ldi.

Oldinroq «Liverpul»ga egalik qiluvchi Amerikaning Fenway Sports Group investisiya kompaniyasi rahbariyati klubdagi minoritar ulushni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 18:04, 23.07.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик