«Lester Siti» sobiq hujumchisi Djeymi Vardi Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi N’Golo Kante xalqaro faoliyati uchun milliy jamoani qanday tanlagani haqidagi voqeani so‘zlab berdi. Vardi va Kante «Lester»da 2015/16 yilgi mavsumda — klub o‘z tarixida ilk bor Angliya chempioni bo‘lgan o‘sha mashhur mavsumda jamoadosh bo‘lishgan.
«Boshida Kante Fransiya safida o‘ynashni xohlamagan — u otasining xotirasi uchun Mali terma jamoasida to‘p surishni orzu qilardi. Mashg‘ulot bazasida jamoadoshlari taajjubini yashirmay, uni qat’iy ravishda ko‘ndirishga urinishgan: «Nimalarni o‘ylayapsan? Fransiya baribir Jahon chempionatida g‘olib chiqadi — Fransiya terma jamoasini tanla!» — dedi Vardi The Touchline nashriga ijtimoiy tarmoqda.
Kante Fransiya safidagi debyutini 2016 yilning martida o‘tkazgan, ikki yildan so‘ng esa Rossiyadagi turnirda jahon chempioniga aylangan. Jarohat tufayli yarim himoyachi JCH-2022ni o‘tkazib yuborgan edi, JCH-2026da esa barcha o‘yinlarni zaxirada o‘tkazdi.













