Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Solis yangi klubga o‘tgani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Solis yangi klubga o‘tgani haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Xristos Solis jamoa bilan shartnoma imzolagani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq u Belgiyaning «Bryugge» klubida to‘p surgan.

«Menimcha, buni to‘liq anglab yetishim uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi! Angliya chempioni bo‘lmish shunday buyuk klub bilan shartnoma imzolash shunchaki ajoyib hodisa. Kelasi mavsumda ushbu jamoaning bir qismi bo‘lishimdan juda faxrlanaman. Agentim buning imkoni borligini aytganidayoq hayajonlana boshlagandim. Keyin hammasi jiddiy tus oldi va mana, men shu yerdaman.

Mikel Arteta bilan juda yoqimli suhbat qurdik. U bir soatcha davom etdi. Biz hamma narsa haqida: klub, men, uning rejalari va, albatta, jamoa haqida gaplashdik. Hammasi faqat ijobiy ruhda o‘tdi», — dedi Solis klub rasmiy saytiga.

Kiritildi: 19:07, 23.07.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик