«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya endilikda «Fulxem»ning e’tibor markazida emas. Jurnalist Nizaar Kinsella ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Londonning «dala hovlichilar» Garsiyani o‘z safiga qo‘shib olish variantini boshqa ko‘rib chiqmayapti.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Gonsalo Garsiyani 2026/2027 yilgi mavsum uchun jamoada saqlab qolmoqchi, deb hisoblanmoqda.
Gonsalo Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. «Qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasi tarkibida o‘tkazgan 73 ta rasmiy o‘yinida u 30 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
No‘fuzli Transfermarkt portali 22 yoshli Gonsalo Garsiyaning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.













