«Napoli» sport direktori Jovanni Manna Kevin de Bryuyne shu yozda klubni tark etmasligini ma’lum qildi. Belgiyalik futbolchining ba’zi intervyulari Neapol klubida salbiy kutib olingan va bu uning ketgisi kelayotgani haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘lgan edi.
«De Bryuyne hech narsani hal qilishi shart emas. U «Napoli» o‘yinchisi, uning amaldagi shartnomasi bor va u loyihamizning bir qismi bo‘lib qolmoqda. Uni mavsumga tayyorgarlik yig‘inida kutyapmiz. Uning ba’zi gaplari bizga yoqmadi, lekin hech qanday muammo yo‘q. Kevin «Napoli» futbolchisi bo‘lib qoladi va boshqalar qatori murabbiy qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazadi», — deydi Mannaning so‘zlarini Football Italia.
Yozda «Napoli»da bosh murabbiy o‘zgardi. Antonio Konte o‘rnini Massimiliano Allegri egalladi.













