Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon 1-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-0 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor

Frenki de Yong bayonot berib, jarohati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Frenki de Yong bayonot berib, jarohati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi

Baho:
+2 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Kataloniya klubi uning jarohati haqida ma’lum qilganidan so‘ng bayonot berdi.

Muxlislarga murojaat qilar ekan, de Yong o‘z jarohati va «Barselona»dagi vaziyat atrofidagi mish-mishlar fonida ushbu bayonotni berishga qaror qilganini aytdi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, kimdir uning klubga bo‘lgan sadoqatini shubha ostiga qo‘yayotganini kuzatish unga og‘ir botmoqda.

«Jahon chempionati vaqtida tizzamdan jarohat olgandim. Dastlabki tekshiruvlardan so‘ng shifokorlar jarohat jiddiy emasligini va o‘ynashda davom etsam, ahvol yomonlashmasligini aytishgandi. Yagona muammo og‘riq edi, lekin faoliyatim davomida jamoaga yordam bera oladigan bo‘lsam, ham klubda, ham terma jamoada og‘riqqa chidab o‘ynaganman.

Ta’til vaqtida qo‘shimcha tekshiruvlar uchun Barselonaga qaytdim. Ular jarohat avval taxmin qilinganidan ko‘ra jiddiyroq ekanini ko‘rsatdi. Xayriyatki, ushbu bosqichda jarrohlik amaliyoti talab etilmaydi va hozirda bor e’tiborimni tiklanishga qaratganman», — deb yozdi de Yong.

De Yong ba’zi narsalarni nazorat qilib bo‘lmasligini, «Barselona» va Niderlandiya terma jamoasi sharafini himoya qilishni o‘zi uchun sharaf deb bilishini ta’kidladi. Frenki, shuningdek, qo‘llab-quvvatlagani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Kiritildi: 22:56, 23.07.2026.
O'qildi: 1142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик