Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

“O‘shanda Messi hakamdan yordam so‘rayotgandek tuyulgandi” — Myuller

“O‘shanda Messi hakamdan yordam so‘rayotgandek tuyulgandi” — Myuller

Baho:
+ | -2

Germaniya terma jamoasi va “Bavariya”ning sobiq yarim himoyachisi Tomas Myuller hakamlar har doim Jahon chempionatlarida Lionel Messini qo‘llab-quvvatlaganliklariga shama qildi. U 2010-yilgi Jahon chempionati chorak finalidagi Germaniya va Argentina o‘rtasidagi o‘yinni misol qilib keltirdi.

“Biz Argentinaga qarshi o‘yinda hisobda oldinda edik va Leo Messi yonimda turardi. To‘p maydonda sapchib, qo‘limga tegdi. Hakam darhol menga sariq kartochka ko‘rsatdi, chunki Leo yonimda turgandi.

Go‘yo Messi hakamga: “Biz allaqachon 2:0 hisobida yutqazyapmiz, iltimos, bizga ozgina yordam bering”, deb aytayotgandek tuyuldi”, — deya Myullerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal nashri.

O‘sha sariq kartochka tufayli Myuller Ispaniyaga qarshi Jahon chempionati yarim finalini o‘tkazib yuborgandi.YArim finalda Ispaniya 1:0 hisobida Germaniyani taslim etgan.

Avvalroq Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) 2026-yilgi Jahon chempionati paytida o‘yinchilarga qarshi dezinformasiya kampaniyasini olib borganlarga qarshi katta sud jarayonini boshlamoqchi ekani xabar qilingandi.

Manbaga ko‘ra, tuhmat bo‘yicha sud jarayoni yolg‘on tanqidiy da’volar, uydirma yoki tasdiqlanmagan tasvirlar va asossiz ayblovlarga qaratiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:15, 24.07.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик