Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Beshiktosh» prezidenti Salohning transferi bo‘yicha muzokaralar tafsilotini ochiqladi

«Beshiktosh» prezidenti Salohning transferi bo‘yicha muzokaralar tafsilotini ochiqladi

Baho:
+ | -

«Beshiktosh» prezidenti Serdal Adali «Liverpul»ning sobiq hujumchisi Muhammad Salohni jamoaga olib kelish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Saloh ushbu transferga o‘z roziligini berdi, uning agenti ham dastlab bunga ijobiy munosabat bildirgandi. Ammo OAVda kelishuv allaqachon yakunlangani haqida xabarlar paydo bo‘lishi bilan, agent o‘z komissiyasi miqdorini aql bovar qilmas darajada oshirib yubordi. Biz Saloh bu raqamlardan xabardor deb o‘ylamaymiz», — deydi Adali This is Anfield nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq OAVda 1 iyul kunidan beri erkin agent maqomida bo‘lib turgan 34 yoshli misrlik futbolchi yiliga 15 million yevro maosh olmoqchi ekani haqida xabar berilgan edi.

Transfermarkt portali o‘yinchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda misrlik hujumchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 da esa u 5 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:40, 24.07.2026.
O'qildi: 561 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик