«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala yana bir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi, deb xabar berdi Kicker. Uning oyoq kafotidan bundan bir yil oldin Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Pari Sen-Jermen»ga qarshi o‘yinda olgan og‘ir jarohatidan so‘ng o‘rnatilgan metall plastina olib tashlandi.
Manba xabariga ko‘ra, 31 iyul kuni futbolchi individual mashg‘ulotlarni boshlashi kerak. Agar tiklanish jarayoni hech qanday asoratlarsiz kechsa, 23 yoshli germaniyalik o‘yinchi 22 avgust kuni Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechadigan Germaniya Superkubogi bahsigacha maydonga qaytishi mumkin.
2025/26 yilgi mavsumda Musiala barcha musobaqalarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













