Ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola Italiya terma jamoasida ishlash taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Pep Gvardiola Federasiyaning Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi postini egallash haqidagi taklifiga rad javobini berdi. Gvardiola ushbu taklifni shu hafta davomida ko‘rib chiqdi, ammo vaqtini oilasiga ajratish, kuch to‘plash va futbolga keyinroq qaytishni istamoqda», — deb yozadi Romano.
55 yoshli Xosep Gvardiola avvalroq 2016 yildan 2026 yilgacha Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqargan edi. U jamoa bilan birgalikda 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan JCH-2026 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan edi.













