Germaniya terma jamoasi va Londonning «Arsenal» klubi sobiq himoyachisi Per Mertezaker Germaniya futbol ittifoqining yangi bosh direktori bo‘ladi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.
Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv hal etilgan. Mertezaker o‘z vazifasiga kelasi yilning yanvar oyidan kirishadi. Ungacha bu lavozimni amaldagi rahbar Andreas Rettig egallab turadi.
Mertezakerning mehnat shartnomasi 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.
Germaniya terma jamoasi JCH-2026 da muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Pley-offning birinchi bosqichida «bundestim» kutilmaganda Paragvay jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.













