O‘tmishdagi mashhur argentinalik futbolchi Xuan Rikelme milliy terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skalonining ishiga baho berdi.
«Skaloni mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biridir. Bizga hadya etgan quvonchi uchun undan, uning shtabi va futbolchilaridan juda minnatdormiz. Biz u bilan 14 yoshligimizdan beri tanishmiz», — dedi Rikelme Tyc Sports nashriga.
48 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Argentina terma jamoasi 2022 yilda jahon chempioni bo‘ldi va ikki marta Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi.
2026 yilgi mundialda «albiseleste» finalgacha yetib borib, unda Ispaniya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.













