Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi ish joyida qaysi taktik sxemadan foydalanishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi. Mutaxassis va Germaniya futbol ittifoqi o‘rtasida shartnoma imzolangani haqida bugun, 24 iyul kuni rasman e’lon qilindi.
«Men uchun jahon chempionatidan chiqarilgan asosiy xulosa shu bo‘ldiki, to‘rtta himoyachi bilan o‘ynash g‘alaba keltiradi va biz ham shunday qilamiz. shuningdek, biz qanotlardan foydalanib o‘ynaymiz, chunki men bunga aminman. Terma jamoada shunday muhit yaratmoqchimanki, odamlar o‘yinlardan so‘ng uyga qaytayotganda: „Vau!“ deyishsin», — dedi Klopp matbuot anjumanida.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimida hamyurti Yulian Nagelsmannning o‘rnini egalladi. Uning qo‘l ostida milliy terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 final bosqichida musobaqani tark etgan edi.













