Polshalik hujumchi Robert Levandovski «Barselona»ni tark etgach, nima uchun Yevropada qolmagani sababini aytib berdi. Ushbu yozda kataloniyaliklar bilan xayrlashgan 37 yoshli futbolchi MLSning «Chikago Fayr» klubiga erkin agent sifatida o‘tgan edi.
Levandovski «Barselona»dan boshqa hech qaysi Yevropa klubida o‘zini tasavvur qila olmaganini tan oldi. Kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishning imkoni bo‘lmagani sababli, u faoliyatini okean ortida davom ettirishga qaror qilgan.
«Barselona»ni tark etish qaroridan so‘ng, shunchaki Yevropada qolishni va boshqa klubga o‘tishni xohlamadim. «Barselona»dan kechgach, o‘zimni boshqa biror-bir Yevropa jamoasida tasavvur qila olmasdim», — dedi Levandovski.
Ma’lumot uchun, polyak hujumchisi «Chikago Fayr» bilan 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.













