«Komo» «Chelsi» himoyachisi Trevo Chalobani o‘z safiga qo‘shib olish uchun yaxshilangan taklif yubordi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba berayotgan ma’lumotga ko‘ra, Italiya klubi kafolatlangan 25 million yevro hamda yana 5 million yevro bonus ko‘rinishida taklif qilmoqda. Bonuslarni olish shartlari juda oson ekanligi va bu transfer summasini amalda 30 million yevroga yetkazishi ta’kidlanmoqda.
Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Chalobaning o‘zi ham «Komo»ga o‘tishdan manfaatdor. Syerra-Leoneda tug‘ilgan va Angliya terma jamoasida o‘ynashga ulgurgan 27 yoshli himoyachi o‘tgan mavsumda klub darajasida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi, 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.













