Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Aston Villa» Jekson transferi bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokaralarni boshladi

«Aston Villa» Jekson transferi bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Aston Villa» klubi «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

«Aston Villa» Nikolas Jeksonni sotib olish bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokaralarni boshladi. Unai Emeri uni «Vilyarreal»da birga ishlagan davrlaridanoq yuqori baholaydi va yuqori maoshi hamda «Chelsi» so‘rayotgan qimmat transfer summasiga qaramay, tarkibida ko‘rishni xohlaydi», — deb yozdi Skira.

25 yoshli Nikolas Jekson o‘tgan mavsumni ijara asosida Germaniyaning «Bavariya» klubida o‘tkazdi. Transfermarkt portali senegallik hujumchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. JCH-2026 musobaqasida Jekson to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

Kiritildi: 16:47, 24.07.2026.
O'qildi: 539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик