Argentina prezidenti Xavyer Miley JCH-2026 davomida va musobaqadan so‘ng milliy terma jamoa sha’niga aytilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Argentina terma jamoasi turnir finalida Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
«Argentina bilan bog‘liq muammo shundaki, biz yorqinmiz, bizni payqamaslikning iloji yo‘q, bizga hasad qilishadi va biz deyarli hamma narsada zo‘rmiz.
Uzr-u, lekin buni kimdir aytishi kerak edi. Keling, xolis bo‘laylik», — deyiladi Mileyning postida.
Shuningdek, davlat rahbari sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan rasmni ham e’lon qildi. Unda Miley ko‘ylak tugmalarini yechib, ichidagi Argentina terma jamoasi libosini ko‘rsatib turganligi tasvirlangan.














