«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden klubning Enso Mareskani bosh murabbiy etib tayinlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Futbolchi «shaharliklar»ning ushbu tanlovidan mamnun ekanini tan oldi. Foden mutaxassis sha’niga iliq fikrlar bildirdi.
«Enso bilan yana birga ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman. U biz trebl qayd etgan mavsumda o‘zini ajoyib tarzda ko‘rsatgan edi — barcha futbolchilar uni hurmat qilishar va u bilan ishlashni yaxshi ko‘rishardi. Uning bu yerga qaytishi — juda ajoyib voqelik», — deydi Foden «Manchester Siti»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach «Manchester Siti»ni tark etdi. Klub rahbariyati esa Enso Mareska nomzodiga to‘xtaldi.













