Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Italiya futbol federasiyasining yangi texnik direktori Paolo Maldini uni ushbu lavozim uchun ideal nomzod deb hisoblamoqda.
Avvalroq terma jamoaning yangi rahbariyati bo‘shab qolgan o‘ringa «Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani taklif qilmoqchi bo‘lgani, ammo rad javobini olgani haqida xabar berilgan edi. Manbaga ko‘ra, Pirlo bilan muzokaralar davom etmoqda va Gvardiolaning rad javobidan so‘ng barcha tafsilotlar tez orada kelishib olinishi kerak.
Pirloning shartnomasi 2030 yilgi Jahon chempionatigacha amal qilishi kutilmoqda. Xabar qilinishicha, sobiq futbolchining Italiya terma jamoasidagi maoshi yiliga 1,5 million yevrodan oshmaydi. Pirlo murabbiylik faoliyati davomida «Yuventus», «Karagyumryuk» va «Sampdoriya» klublarida ishlagan, hozirda esa BAAning «Dubay Yunayted» klubini boshqarmoqda.













