Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

«Tottenxem» darvozaboni Vikario transfer oynasi yopilguncha klubni tark etadi

«Tottenxem» darvozaboni Vikario transfer oynasi yopilguncha klubni tark etadi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Tottenxem Xotspur» klubi darvozaboni Gulyelmo Vikario jamoaning mavsum oldi yig‘iniga kiritilmadi. Bu esa klubning futbolchi bilan xayrlashish niyatida ekanini tasdiqlaydi, deb xabar beradi jurnalist va insayder Fabrisio Romano sosial tarmoqlarda.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik posbon yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar London klubini tark etadi. Vikarioning mavsum oldi yig‘ini qaydnomasida yo‘qligi uning tez orada jamoadan ketishidan dalolat beradi.

Avvalroq Milanning «Inter» klubi darvozabonga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Vikarioning «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan. 2025/2026 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 65 ta to‘p olib chiqqan va 13 ta bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Kiritildi: 18:08, 24.07.2026.
O'qildi: 182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик