Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Boks. Usik va Fyuri yalang‘och mushtlar jangida trilogiya o‘tkazishga tayyor

Boks. Usik va Fyuri yalang‘och mushtlar jangida trilogiya o‘tkazishga tayyor

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bare Knuckle Boxing bosh direktori Devid Tetro britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik bilan o‘z promousheni shafeligida jang tashkil etish imkoniyatini muhokama qilganini so‘zlab berdi.

«Xo‘sh, men sizga qaysi orzudagi jangni o‘tkazishni juda xohlashimizni aytaman. Biz ikkala jamoa bilan ham muzokaralar olib bordik. Bu — Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasidagi to‘qnashuv. Bu mening orzuimdagi jang.

Men Spenser Braun (Fyurining menejeri) va Egis Klimas (Usikning menejeri) bilan gaplashdim. Yevropadagi kulak janglari turnirlaridan birida Aleksandr bilan uchrashdim. Biz muzokaralar stoliga o‘tirib, ushbu jangni muhokama qildik. Bu aniq sodir bo‘ladi deya olmayman, lekin 100 foiz — bu mening orzuimdagi jang.

Tayson Fyuri kabi insonning kelib chiqishiga qarang. U ko‘chmanchilar avlodidan. Bu ularning azaliy mashg‘uloti yalang‘och mushtlar jangi. Tayson bu formatni ko‘rib chiqishini aytdi. Usik bu g‘oyani rad etdimi? Yo‘q. Uning o‘zi ham bunday variantni ko‘rib chiqishga tayyorligini oshkora bayon qilgan. Bu shunchaki barcha jangovar sport turlari tarixidagi eng grandioz voqea bo‘lar edi», — dedi Tetro MMASucka portaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 18:22, 24.07.2026.
O'qildi: 193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик