Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn 4-0 An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol 2-1 Al-G‘arafa
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Anchelottining Braziliya terma jamoasidagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Anchelottining Braziliya terma jamoasidagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Baho:
+ | -

Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z lavozimida ishini davom ettiradi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, 67 yoshli italiyalik mutaxassis braziliyaliklarni 2028-yilgi Amerika Kubogi va 2030-yilgi Jahon chempionatiga qadar boshqarishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Anchelotti jamoani 2025-yilning may oyida qabul qilib olgan edi. U ushbu Jahon chempionati boshlanishidan avvalroq Braziliya futbol konfederasiyasi bilan amaldagi shartnomasini 2030-yilgacha uzaytirgan. Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar mundialning 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va so‘nggi 36 yil ichida ilk bor musobaqaning chorak finaliga chiqa olmadi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, avvalroq Italiya futbol federasiyasi Anchelottiga o‘z milliy terma jamoasini tayyorlash taklifi bilan chiqqan. Biroq murabbiy bu variantni rad etgan.

Kiritildi: 19:43, 24.07.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик