O‘zbekiston Superligasining 12–13-tur uchrashuvlarida faoliyat olib borgan hakamlar ishtirokida Zoom platformasi orqali navbatdagi videotahlil yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida kuzatilgan bahsli epizodlar va hakamlar tomonidan qabul qilingan qarorlar taniqli instruktorlar — Valentin Kovalenko, Farhod Abdullayev, Bobur Haydarov hamda Jahongir Saidov tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi.
Muhokama markazida bo‘lgan o‘yinlar:
-
«Bunyodkor» — «Nasaf»
-
«Lokomotiv» — «Andijon»
-
«Qo‘qon-1912» — OKMK
-
«Paxtakor» — «Xorazm»
-
«Andijon» — «Surxon»
-
«Neftchi» — «Buxoro»
-
«So‘g‘diyona» — «Neftchi»
-
«Surxon» — «Dinamo»
Onlayn muloqot davomida mutaxassislar har bir bahsli vaziyatga qoidalar doirasida tegishli tushuntirishlar berib, referilarga kelgusi bahslarda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar bo‘yicha amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berishdi.

















