Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Real»ning sobiq futbolchisi Mourinyoning qaysi jihati yoqqani va qaysi biri g‘ashiga tekkanini aytib berdi

«Real»ning sobiq futbolchisi Mourinyoning qaysi jihati yoqqani va qaysi biri g‘ashiga tekkanini aytib berdi

Baho:
+ | -

«Real» va «Roma»ning sobiq futbolchisi Borxa Mayoral Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlagan davrlari haqida gapirib berdi. Marca nashriga bergan intervyusida Mayoral uni ham maqtadi, ham tanqid qildi.

«Mourinyoning menga eng yoqqan tomoni — uning mashg‘ulotlari edi. Ular juda raqobatli va juda qiziqarli o‘tardi. Mening vaziyatim ideal bo‘lmasa-da, u bilan ishlash menga yoqardi. Vaqt o‘tishi bilan u suhbatlarda meni hayratda qoldirardi, mehnatimning e’tirof etilishini his qilardim. Bir safar u mening barvaqtroq maydonga tushishga munosib bo‘lganimni aytgani va matbuot anjumanlaridan birida men haqimda juda yaxshi gaplar gapirgani yodimda. Men buni hech qachon unutmayman.

Mourinyoda mening eng ko‘p g‘ashimni keltiradigan narsa — uning mag‘lubiyatni tan ola bilmasligidir. U kiyinish xonasida menga yoqmaydigan yoqimsiz e’tirozlarni bildirardi — bular nafaqat menga, balki boshqa futbolchilarga ham qaratilgan bo‘lardi. Men uning juda ambisiyali inson ekanini va hammamiz achchiq ustida ortiqcha gapirib yuborishimiz mumkinligini tushunaman, lekin har doim hurmat birinchi o‘rinda turishi kerak», — dedi Mayoral.

Shu yozda Joze Mourinyo «Real»ga qaytdi.

Kiritildi: 09:32, 25.07.2026.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик