36 yoshli senegallik yarim himoyachi Idrissa Guye Angliyaning «Everton» klubini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlash joizki, afrikalik havbek «mersisaydliklar» safida jami yetti mavsum harakat qildi.
«Senga va oilangga eng ezgu tilaklarni tilab qolamiz», — deyiladi Mersisayd klubi matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.
Idrissa «Everton» safida turli musobaqalarda 236 ta o‘yin o‘tkazdi. Yarim himoyachi o‘z hisobiga 10 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.













