Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Gasperini va Spalletti — A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari

Gasperini va Spalletti — A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari

Baho:
+ | -

A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari Kristian Kivu yoki Massimiliano Allegri emas, balki Jan Pyero Gasperini va Luchano Spallettidir. Ular mavsumiga 9 million yevrodan maosh olishadi. Biroq ularning farqi unchalik katta emas — Allegrining «Napoli» bilan yangi shartnomasi unga yiliga 8,3 million yevro daromad keltiradi.

Kivuning daromadi esa ancha kamtarroq — mavsumiga 5,6 million yevro. Domeniko Tedesko va, qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, Ivan Yurichning mehnatiga ham yaxshi haq to‘lanadi — mavsumiga 3,7 million yevrodan. Jennaro Gattuzo «Lasio»ga 2,8 million yevro evaziga keldi. Kuchli o‘nlikni Daniele De Rossi 2,4 million yevro bilan yakunlab beradi.

A Seriyaning yangi mavsumi 23 avgust kuni boshlanadi.

Kiritildi: 09:03, 26.07.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик