Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, «Arsenal» va «Chelsi» «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Argentinalik futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Ammo jamoaga allaqachon ikki yangi himoyachi — Yan Pol van Xekke va Markos Senesi kelib qo‘shilganini hisobga olsak, Romeroning shu yozda «Tottenxem»ni tark etishi kutilmoqda.
«Tottenxem» sardori klub Premyer-ligada jonini saqlab qalish uchun kurashayotgan bir paytda, tizzasidan olgan jarohati sababli o‘tgan mavsum oxirini o‘tkazib yubordi. Kristian mavsumning «Everton»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinini o‘zining jonajon klubi — Argentinaning «Belgrano» jamoasi o‘yinini tomosha qilish uchun o‘tkazib yuborib, «shporlar» muxlislarining g‘azabiga uchragan edi. Muxlislar Romeroning stadionda bo‘lishini kutishgandi, ammo u vataniga jo‘nab ketishni afzal ko‘rgan.













