Braziliyaning «Santos» klubi hujumchisi Neymarning xatti-harakatlari norozilik keltirib chiqardi. Neymar jamoasi Braziliya chempionatining so‘nggi turida «Shapekoense» bilan durang o‘ynadi (2:2).
Globo nashri xabar berishicha, uchrashuv tanaffusida futbolchi yosh o‘yinchilar Gabriel Bontempo va Joau Aniasiasni keskin tanqid qilgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Bontempo sha’niga haqoratlar yangragan, himoyachi Aniasiasga esa Neymar o‘z darvozasiga urib olgan golidan so‘ng yo‘l qo‘ygan xatolarini ko‘rsatib o‘tgan.
Klubdagilar Neymar yosh futbolchilar sha’niga haddan tashqari keskin gapirgan deb hisoblashmoqda. Bontempo va Aniasiasning vakillari esa mojaro borligini tasdiqlashmadi va bu oddiy jamoaviy suhbat bo‘lganini bildirishdi.
«Santos» rahbariyati yuz bergan hodisa bo‘yicha o‘z tekshiruvini o‘tkazmoqchi.













