Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 OKMK 2-1 Mash’al
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Bavariya» Gambiya chempionatidan asosiy tarkib uchun futbolchi sotib olmoqda

«Bavariya» Gambiya chempionatidan asosiy tarkib uchun futbolchi sotib olmoqda

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Gambiya chempionatida ishtirok etuvchi «Gambinos Stars» klubidan 18 yoshli markaziy yarim himoyachi Bara Sapoko Ndiayening transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, afrikalik futbolchi nemis jamoasiga doimiy asosda kelib qo‘shiladi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Ndiaye bilan shartnoma 2031 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Rasmiy e’lon keyingi haftada beriladi. Xabar qilinishicha, senegallik futbolchi myunxenliklarning asosiy jamoasiga qo‘shiladi va bosh murabbiy Vensan Kompani qo‘l ostida shug‘ullanadi.

2026 yilning birinchi yarmini Ndiaye «Bavariya»da ijara huquqi asosida o‘tkazdi. O‘tgan mavsumning oxirida yarim himoyachi to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Yozda Ndiaye Senegal terma jamoasi bilan birga 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etdi va bitta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 19:05, 27.07.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик