Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Italiya terma jamoasini Manchini yoki Motta boshqarishi mumkin, Konte bilan muzokara o‘tkazilmadi

Italiya terma jamoasini Manchini yoki Motta boshqarishi mumkin, Konte bilan muzokara o‘tkazilmadi

Baho:
+ | -

Italiya futbol federasiyasi (FIGC) Andrea Pirloni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlashdan voz kechganidan so‘ng, voqealar rivojining ehtimoliy ssenariylari ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq «Milan» va «Yuventus»ning sobiq futbolchisi, dastlabki kelishuvlar hamda FIGC texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardoning qo‘llab-quvvatlashiga qaramay, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.

Jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda keyingi harakatlarning ikkita ehtimoliy ssenariysi mavjud.

Birinchi va hozirgi vaziyatda eng kam ehtimolga ega bo‘lgani — Maldini va Leonardoning yangi asosiy nomzodi Tiago Mottani murabbiylikka ilgari surish hisoblanadi.

Boshqa variant — FIGC prezidenti Jovanni Malago tomonidan ilgari surilayotgan Roberto Manchinining tayinlanishidir. Bu holatda Jordjo Kyellini terma jamoaning texnik direktoriga aylanishi mumkin. Hammasi Maldinining iste’foga chiqish-chiqmasligiga bog‘liq bo‘ladi.

Murabbiy Antonio Konte bilan hech qanday aloqa bo‘lmagan, deb ta’kidlaydi Di Marsio.

Kiritildi: 23:06, 27.07.2026.
O'qildi: 439 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик