Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Kilian Mbappe Zinedin Zidan qo‘l ostida ham Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lib qoladi

Kilian Mbappe Zinedin Zidan qo‘l ostida ham Fransiya terma jamoasi sardori bo‘lib qoladi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yangi bosh murabbiy Zinedin Zidan qo‘l ostida ham milliy jamoadagi sardorlik bog‘ichini saqlab qoladi, deb xabar bermoqda Le Parisien.

Xabar qilinishicha, bu fakt hech qanday shubha tug‘dirmaydi, chunki Zidan va Mbappe anchadan beri bir-birini yaxshi bilishadi va o‘rtada o‘zaro hurmat bor.

Avvalroq Fransiya futbol federasiyasi (FFF) seshanba, 28 iyul kuni Zinedin Zidan bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mbappe Fransiya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 106 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 66 ta gol yozib qo‘ygan. Futbolchi AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi Jahon chempionatida 10 ta gol urib, musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Kiritildi: 23:15, 27.07.2026.
O'qildi: 912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик