Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

FIFA sobiq rahbari: “Infantino va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar jahon futboliga zarar yetkazmoqda”

FIFA sobiq rahbari: “Infantino va Tramp o‘rtasidagi munosabatlar jahon futboliga zarar yetkazmoqda”

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino hamda AQSH prezidenti Donald Tramp ortasidagi munosabatlar jahon futboliga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq FIFA tashkilotning media va tijorat huquqlarini boshqaradigan yangi tuzilmaning qariyb 20 foiz aksiyalarini xususiy investorlarga sotish orqali 4,2 milliard dollar sarmoya jalb qilish niyatida ekanligini e’lon qilgan edi. Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) esa FIFA’ning ushbu rejalarini tanqid qilib bayonot berdi. OAV xabarlariga kora, mazkur aksiyalarni Donald Trampning kuyovi bo‘lmish Jared Kushnerning ukasi — Joshua Kushnerga tegishli investisiya fondi sotib olishi mumkin.

FIFA’ning sobiq rahbari bu holatga nisbatan shunday munosabat bildirdi:

“FIFA rahbari va AQSH prezidenti ortasidagi yaqin munosabatlar moliyaviy o‘lchovga kochdi, bu esa futbolga jiddiy zarar yetkazmoqda. Hech kim bizning o‘yinimizni sotib yuborishga haqli emas”, deb yozdi Blatter o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogidagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Janni Infantino 2016-yilda tashkilotdagi yirik korrupsion mojaro hamda Yozef Blatterning o‘z lavozimidan muddatidan avval ketishidan so‘ng FIFA prezidenti etib saylangan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:32, 30.07.2026.
O'qildi: 473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик