Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Afrika futbol konfederasiyasi Infantinoning Jahon chempionati ulushini sotish rejasi bo‘yicha bayonot berdi

Afrika futbol konfederasiyasi Infantinoning Jahon chempionati ulushini sotish rejasi bo‘yicha bayonot berdi

Baho:
+ | -1
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Afrika futbol konfederasiyasi (CAF) FIFA prezidenti Janni Infantinoning jahon chempionatidagi ulushning bir qismini xususiy investorlarga sotish rejasi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda shunday deyiladi:

«Bugun CAF FIFAdan a’zo assosiasiyalar va FIFA Kengashi ishtirokida o‘tkazilayotgan maslahatlashuv jarayoni doirasida taklif etilayotgan tashabbus bo‘yicha rasmiy xat oldi.

Ushbu maslahatlashuv jarayoni doirasida CAF prezidenti Patris Motsepe kelasi hafta Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazadi. Unda boshqa masalalar qatorida FIFAning taklif etilgan tashabbusi ham ko‘rib chiqilib, baholanadi.

Shuningdek, CAF o‘z a’zo assosiasiyalarini FIFA taklifini o‘rganishga va belgilangan qoidalar hamda tartib-taomillarga muvofiq maslahatlashuv jarayonida ishtirok etishga chaqiradi.

CAF Afrika va butun dunyoda futbolni rivojlantirish uchun moliyaviy hamda boshqa resurslarni ko‘paytirish maqsadida o‘z a’zo assosiasiyalari, FIFA, boshqa futbol konfederasiyalari va barcha manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuv va hamkorlikni davom ettirishga sodiq qoladi».

Avvalroq Janni Infantino jahon chempionati ulushining bir qismini sotish rejasini ishlab chiqayotgani, bu esa shaxsan unga o‘nlab million funt daromad keltirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, muzokaralar AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga yaqin shaxslar bilan olib borilgani aytilgan. Bu reja qator futbol tashkilotlari va sport arboblari tomonidan tanqid qilingan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:44, 30.07.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик