Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida qit’a futboliga oid bir qator muhim qarorlar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2027-yilgi U-17 Osiyo kubogi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqida O‘FA xabar qildi.

Shuningdek, 2029-yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi belgilandi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masala — 2028-yilgi U-23 Osiyo kubogi mezboni ham aniqlandi. Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga Osiyo saralashi vazifasini bajaradigan ushbu musobaqaga Yaponiya mezbonlik qiladi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo‘mitasi qit’a klublar musobaqalari va yoshlar turnirlari reglamentiga oid qator o‘zgarishlarni ham tasdiqladi.

Xususan, 2026/27-yilgi mavsumdan boshlab OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasi yangi 32 jamoalik format asosida o‘tkaziladi hamda U-20 Osiyo kubogi saralash tizimiga ham qator yangiliklar joriy etiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:59, 30.07.2026.
O'qildi: 1289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик