Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Rasman! Lakrua «Kristal Pelas»dan «Chelsi»ga o‘tdi

Rasman! Lakrua «Kristal Pelas»dan «Chelsi»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» markaziy himoyachi Maksans Lakruaning «Chelsi»ga o‘tganini rasman e’lon qildi.

26 yoshli fransuz 2024 yilning avgustida «Volfsburg»dan ko‘chib o‘tganidan beri London klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Ikki mavsum davomida Lakrua 98 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va jamoasining 31 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishiga yordam berdi.

«Kristal Pelas» tarkibida himoyachi Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi va Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda u jamoaning vise-sardoriga ham aylangan edi.

Lakruaning barqaror o‘yini unga shu yilning mart oyida ilk bor Fransiya terma jamoasidan chaqiruv olish imkonini berdi. Himoyachi fransuzdar yarim finalgacha yetib borgan Jahon chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi 60,7 million yevroni tashkil etdi.

Kiritildi: 16:29, 30.07.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик