Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lakrua «Chelsi»ga o‘tganidan so‘ng ilk bayonotini berdi

Lakrua «Chelsi»ga o‘tganidan so‘ng ilk bayonotini berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning yangi a’zosi Maksans Lakrua London klubiga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«O‘ylashimcha, bu men uchun eng yaxshi qadam bo‘ldi, chunki bu dunyodagi eng yaxshi klub. Men Malo Gyusto, Trevo Chaloba va Benua Badiashil bilan gaplashdim. Odamlarning bu klub haqida ijobiy fikr bildirishlari juda oson, chunki «Chelsi» katta tarixga ega. Endilikda ushbu tarixning bir qismiga aylanganimdan juda faxrlanaman.

Murabbiy bilan telefonda gaplashdim. Biz taktika va uning o‘yinni qanday ko‘rayotgani haqida suhbatlashdik. Eng avvalo, u bilan futbol haqida shunchaki gaplashganimdan xursand bo‘ldim va klubga nisbatan maqsadlarimiz hamda xohishlarimiz bir xil ekanini ko‘rdim.

Murabbiy hamda terma jamoadagi «Chelsi»da o‘ynaydigan sheriklarim, masalan, Malo bilan gaplashganimda, ular menga bu men o‘tishim mumkin bo‘lgan eng yaxshi klub ekanini aytishdi. Shu sababli «Keling, ko‘p o‘ylab o‘tirishim shart emas» deb aytdim. Bu insonlar bilan muloqotdan so‘ng o‘zimga: «Bu faoliyatimdagi eng yaxshi oldinga tashlangan qadam bo‘ladi», dedim», — dedi Lakrua «Chelsi» matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Lakrua «Chelsi» bilan 2032 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Fransiyalik himoyachining transfer summasi 61 million yevroni (taxminan 52 mln funt) tashkil etdi.

Kiritildi: 16:40, 30.07.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик