«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Pol Merson yarim himoyachi Jordan Xenderson va hujumchi Denni Uelbekning «Chelsi»ga kutilayotgan transferlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Men har doim «Chelsi»ga tajribali futbolchilar kerakligini aytib kelganman. Va bu ikki o‘yinchi — aynan o‘sha tajribaning o‘zginasidir. Odamlar: «IYE, nega ular 35 yoshli futbolchilarni sotib olishmoqda?» deyishlari mumkin. «Chelsi» uchun bu kelajak haqida emas, balki aynan hozirgi vaqt haqidadir.
Ishlar joyida ketayotgan paytda ular har bir o‘yinda maydonga tushishmaydi. Lekin «Chelsi»da shunday o‘yinlar bo‘ladiki, hamma narsa kutilganidek kechmaydi va muxlislar biroz asabiylasha boshlashadi. Aynan shunday paytda mana shu tajriba asqatadi, menga ishonavering», — dedi Merson Sky Sports’ga bergan intervyusida.
«Chelsi» Xenderson va Uelbek bilan ikki yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ushbu transferlar haqida yaqin soatlarda rasman e’lon qilinishi kerak.













