Efiopiya yoshlar futbol jamoasining 20 ga yaqin a’zosi Geteborgda bo‘lib o‘tgan Gothia Cup turnirida ishtirok etganidan keyin bedarak yo‘qoldi.
Bu haqda SVT telekanali Shvesiya polisiyasiga tayanib xabar berdi.
Guruh tarkibiga 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar, shuningdek, bir yoki bir nechta kattalar qo‘riqchilari kiradi. Musobaqaning so‘nggi kunida, 18 iyul kuni jamoa joylashgan maktab direktori jamoaning ogohlantirishsiz ketganini aniqladi.
Turnir tashkilotchilari polisiyaga murojaat qilishdi. Jamoa a’zolari Efiopiyaga qaytib kelmaganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning qayerda ekanligi noma’lumligicha qolmoqda va qidiruv ishlari, jumladan, Shvesiyadan tashqarida ham davom etmoqda.
Ilgari uyga qaytgan jamoa a’zolaridan biri tashkilotchilarga yigitlar oilalari bilan aloqada bo‘lganini va o‘zlarini yaxshi his qilayotganini aytdi.
"Bu voqea ortida odam savdosi yoki shunga o‘xshash jinoyat turganiga oid hech qanday alomat yo‘q", dedi polisiyaning bedarak yo‘qolganlar bo‘limi vakili Ellinor Xalldin.
Tergovchilar guruh o‘z ixtiyori bilan g‘oyib bo‘lgan deb hisoblashadi. Biroq, polisiya noqonuniy immigrasiya nazariyasini tasdiqlamadi va Shvesiyada qolish niyati haqidagi taxminlarni taxmin sifatida rad etdi.
Gothia Cup musobaqasi 12-18 iyul kunlari Gyoteborgda bo‘lib o‘tdi. Turnirda 78 mamlakatdan 1956 ta jamoa ishtirok etdi.













