«Parma», «Yuventus» va «PSJ» sobiq darvozaboni Janluidji Buffon Franko Barezining vafoti munosabati bilan o‘z hamdardligini bildirdi.
«Milan» va Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
«1995 yil 19 noyabrda men A Seriyadagi debyutimni «Milan»ga qarshi o‘yinda o‘tkazgandim. O‘shanda men 17 yoshda edim, maydonning narigi tomonida esa jamoa sardori Franko Barezi turardi.
Men kabi yoshdagi bola uchun u kabi chempionlarga qarshi maydonga tushish aql bovar qilmas hodisa edi. O‘sha kundan boshlab men futbolni sharaf, yetakchilik va hurmat bilan gavdalantirish nima ekanini yanada aniqroq anglab yetdim.
Xayr, Franko. Oxirating obod bo‘lsin», — deb yozdi Buffon X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.













