«Barselona»ning polshalik darvozaboni Voysex Shecni faoliyatini yakunlash ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi. U bir necha yil oldin faoliyatini tugatishni rejalashtirgani, ammo yakunda hamon o‘ynashda davom etayotgani sababli hech narsani oldindan rejalashtira olmasligini ta’kidladi.
«Faoliyatimni yakunlashni rejalashtiryapmanmi? Men bu haqda bir necha yil oldin o‘ylagandim, ammo ko‘rib turganingizdek, hamon sizlar bilan shu yerdaman. Shuning uchun men hech narsani rejalashtira olmayman. Endi jamoada Robert Levandovski yo‘qligi sababli, jamoadoshlarim bilan ispan tilida gaplashish uchun menda ko‘proq vaqt bo‘ladi», — deya Shecnining so‘zlarini keltiradi Sport.es.
Voysexning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













