Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Palmer Xabi Alonso qo‘l ostida qaysi pozisiyada o‘ynashini ma’lum qildi

Palmer Xabi Alonso qo‘l ostida qaysi pozisiyada o‘ynashini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik mutaxassis shu yozda «ko‘klar» boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi.

«Xabi bilan u safimizga kelishidan oldin gaplashishga ulgurdim. Terma jamoaning Jahon chempionati uchun qaydnomasidan o‘rin ololmaganimda u menga xat yozgandi. Bu uning tomonidan juda yoqimli ishora bo‘ldi.

Hozirda uning qo‘l ostida mashg‘ulotlar juda yaxshi o‘tmoqda. U va uning murabbiylar shtabi bizga juda yaxshi munosabatda bo‘lishyapti, ular bilan birga ishlash bizga zavq bag‘ishlamoqda.

Xabi meni bo‘sh hududlarga yorib kiradigan «o‘ninchi raqam» pozisiyasida ko‘rayotganini aytdi. O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun menda yetti hafta vaqt bor edi, shuning uchun endi po‘latday tayyorman», — dedi Palmer «Tottenxem»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 18:12, 31.07.2026.
O'qildi: 956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик