Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Mudrik: «Bu faoliyatimdagi eng murakkab davr bo‘ldi»

Mudrik: «Bu faoliyatimdagi eng murakkab davr bo‘ldi»

Baho:
+ | -

«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik antidoping qoidalarini buzish bo‘yicha qo‘yilgan diskvalifikasiya bekor qilingani va faoliyatini qayta tiklayotgani haqida atroflicha bayonot berdi.

«Uzoq davom etgan kurashdan so‘ng menga qo‘yilgan to‘rt yillik taqiq bekor qilindi va men zudlik bilan faoliyatimni tiklashim mumkin.

Ushbu jarayon o‘z nihoyasiga yetganidan, menga futbolga qaytishga ruxsat berilganidan va endi oldinga qarab intila olishimdan minnatdorman. Bu faoliyatimdagi eng murakkab davr bo‘ldi.

Ushbu ishning eng boshidan beri ta’kidlab kelganimdek, men hech qachon bilib turib yoki qasddan hech qanday taqiqlangan moddalarni qabul qilmaganman. Halol kurash olib borish, klubim va mamlakatimni butun professionallik va halollik bilan namoyon etish men uchun hamisha juda muhim bo‘lgan.

Oilam va do‘stlarimga ushbu davr mobaynida meni qo‘llab-quvvatlaganliklari va menga ishonganliklari uchun tashakkur aytmoqchiman. Shuningdek, «Chelsi»dagi barchaga, jamoadoshlarimga va butun vaqt davomida meni qo‘llab-quvvatlagan «Chelsi» muxlislariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Bundan tashqari, advokatlar jamoamga va menga yordam bergan barchaga ushbu ish bo‘yicha tinimsiz qilgan mehnatlari uchun rahmat aytaman.

Hozirda bor e’tiborimni futbolga qaytishga, har kuni astoydil mashg‘ulot o‘tkazishga va maydonda foyda keltirishga qaratganman. Menga ishonishda davom etgan barchaga rahmat. Faoliyatimdagi keyingi bosqichni intiqlik bilan kutib qolaman», — deb yozdi ukrainalik futbolchi.

Kiritildi: 20:39, 31.07.2026.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик