Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi “Barselona”ga qarshi ish ochdi

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi “Barselona”ga qarshi ish ochdi

Baho:
+1 | -

Ispaniya qirollik futbol federasiyasi (RFEF) Madridning “Atletiko” klubi shikoyati asosida “Barselona”ga qarshi intizomiy ish qo‘zg‘atdi. Mazkur vaziyatga kataloniyaliklarning argentinalik hujumchi Xulian Alvares bilan noqonuniy muzokaralar olib borgani sabab bo‘lgan.

EFE agentligi xabariga ko‘ra, federasiya intizomiy qo‘mitasi futbolchi bilan ehtimoliy aloqalar tufayli ish ochgan va jarayonni o‘rganish uchun maxsus instruktor tayinlagan. Ikkala klub ham bu haqda rasman xabardor qilingan bo‘lib, “Barselona” qaror ustidan apellyasiya berish huquqiga ega.

The Athletic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Atletiko” “Barselona”ni axloq normalarini buzganlikda ayblamoqda. Madrid klubi kataloniyaliklar amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan futbolchi bilan ruxsatsiz muzokara olib borganini da’vo qilmoqda.

Qayd etish kerakki, bahorda “Barselona” Alvares borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan va buni klub prezidenti Joan Laporta ham tasdiqlagan edi. Manbalarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” argentinalik uchun 100 million yevrolik rasmiy taklif tayyorlagan. Bu xabarlardan so‘ng “Atletiko” ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona”ga qaratilgan qator kinoyali postlar qoldirgandi.

Iyun oyida esa Madridning boshqa bir jamoasi “Real” Alvares uchun 150 million yevro taklif qilgan, biroq “Atletiko” uning tovon puli 500 million yevro ekanini aytib, sotishdan bosh tortgan edi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi 2024-yildan buyon “Atletiko” sharafini himoya qilib kelmoqda. Madridliklar safida u shu kungacha 106 ta o‘yinda maydonga tushib, 49 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Bunga qadar futbolchi Angliyaning “Manchester Siti” klubi safida Chempionlar Ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogi, ikki marta Angliya chempionligi, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati hamda UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. Argentina terma jamoasi safida esa (59 o‘yin, 15 gol) 2022-yilda Jahon chempioni bo‘lgan hamda ikki marta Amerika Kubogida (2021, 2024) zafar quchgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:17, 31.07.2026.
O'qildi: 2192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик